Muloqot davomida Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni faqatgina statistika – yuqori koʻrsatkichlar uchun emas, balki eʼtiborni, avvalo, xalq manfaatlari va farovonligiga qaratib, buni davlat siyosati darajasiga koʻtargan holda amalga oshirayotgani taʼkidlandi.
Biz xalqaro savdo tizimining toʻlaqonli ishtirokchisiga aylanish niyatidamiz va Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishda AQSH koʻmagiga tayanamiz, — dedi Prezident yordamchisi.