Bugun Samarqandda xalqaro hamkorlikning yangi sahifasini ochdik — BMT Davlat xizmati forumi boshlandi. Ishtirokchilarga Oʻzbekiston Prezidenti nomidan samimiy qutlov soʻzlarini yetkazish men uchun katta sharafdir, — deydi Prezident yordamchisi.
Dunyo shiddat bilan oʻzgarmoqda va biz Oʻzbekistonda bu oʻzgarishlarga faol islohotlar bilan javob bermoqdamiz: raqamli davlat quryapmiz, isteʼdodlarga sarmoya kirityapmiz, barcha uchun — ayniqsa, davlat boshqaruvi organlarining uchdan biridan koʻprogʻini tashkil etayotgan ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz.
Global bilimlar markazi kabi tashabbuslarimizga ishonch bildirgan xalqaro hamkorlarimizga minnatdorlik izhor etmoqchiman. Saʼy-harakatlarimizni birlashtirish va yosh yetakchilarni qoʻllab-quvvatlash orqaligina biz odamlarga, ularning kelajagiga chinakam xizmat qiladigan davlat xizmati tizimini yaratishimiz mumkin, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.










