Afruza o'tgan yili «Zakovat-Gambit» turnirining C toifasida g'olib bo'lgan edi, bugun esa u — jahon chempioni!
Tabriklayman, Afruza! Bu — misli ko'rilmagan muvaffaqiyat, tengdoshlar uchun zo'r motivatsiya va mamlakatimiz uchun iftixor manbaidir! Qizlarimiz uchun jahon birinchiliklari sari yo'lni dadil ochib berganingiz uchun tashakkur!
Murabbiylaringiz va ota-onangizga ham katta rahmat, deb yozadi Saida Mirzayoeva o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.