Dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilar, UNESCO vakillari, diplomatlar, olimlar va raqs san’ati ustalari mazkur festival munosabati bilan jam bo‘ldi.
Ochilish marosimida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Prezidentining tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda “Lazgi” O‘zbekiston sivilizatsiyasining yorqin ramzi ekaniga urg‘u berilgan. 3 ming yillik tarixga ega bu raqs bugun dunyoning eng nufuzli sahnalarini zabt etayotgani e’tirof etilgan.