Saida Mirziyoyeva Marokashda “Fashion Trust Arabia” mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdi

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy hazrati oliyalarining taklifiga binoan Marokashda “Fashion Trust Arabia” mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdi.

    Yaqin Sharqdagi yosh dizaynerlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ushbu nufuzli tadbir kreativ industriya xalqaro maydonda oʻz mavqeyini mustahkamlab bormoqda.

    “Marosimda qatnashish moda sohasining yetakchi vakillari bilan uchrashish va eng iqtidorli dizaynerlarga mukofotlar topshirilishining guvohi boʻlish imkonini berdi. Marokash malikasi Lalla Hasnaga mehmondoʻstligi uchun, Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyga esa unutilmas taassurotlarga boy ushbu kunlarni baham koʻrgani uchun samimiy minnatdorligimni bildiraman“, — deydi Saida Mirziyoyeva.