Uchrashuvda yuqori surʼatda rivojlanib borayotgan va aniq natijalar berayotgan Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Kelishuvlar ijrosini monitoring qilish boʻyicha yaratilayotgan mexanizm davlatlarimiz rahbarlari tomonidan qoʻyilgan vazifalarni hal etish borasida Prezident Administratsiyalari oʻrtasida hamkorlikning samarali vositasiga aylanishiga ishonch bildirildi.
Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikning asosiy yoʻnalishlari, jumladan, innovatsion loyihalar va mintaqalararo aloqalar atroflicha muhokama qilinib, gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari va mehnat migratsiyasi masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar boʻyicha yaqindan muvofiqlashtirish va birgalikda ishlash muhimligi taʼkidlandi.