​O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklari yetkazildi.

"O‘zbekiston va Qatarni do‘stona hamda yuksak ishonchga asoslangan rishtalar bog‘lab turadi, bu hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik. Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud", dedi Saida Mirziyoyeva.