Uchrashuvda hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi, bunda savdo, investitsiyalar, mehnat migratsiyasi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgani, qoʻshma loyihalar, eng avvalo, sanoat va energetika sohalarida faol ilgari surilayotgani alohida taʼkidlandi. Migratsiya tartib-taomillarini tezlashtirish chora-tadbirlari va patentlarni rasmiylashtirish bosqichlarining bir qismini Oʻzbekiston hududiga koʻchirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda mintaqalararo hamkorlik va yangi taʼlim tashabbuslarini amalga oshirish, jumladan, oliy oʻquv yurtlarining yangi filiallarini ochish va MISiS muhandislik maktabini ishga tushirish muhimligi qayd etildi. Oʻzaro ishonch va ochiqlik ruhida oʻtgan suhbat hamkorlikda amaliy natijalarga erishishga tomonlarning intilishi qatʼiy ekanligini tasdiqladi.
Koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun Rossiya tomoniga samimiy minnatdorlik bildiraman, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.