Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi oʻrinbosari bilan uchrashuv oʻtkazdi

    Yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy taʼlim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining oʻrinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

    Ijtimoiy sohaga hamda davlatlar rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

    Taʼlim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy taʼlim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.