Bu haqda u oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Prezident Administratsiyasi oldiga qoʻyilgan beshta ustuvor vazifada sud islohoti muhim oʻrin tutadi. Sakkiz yil davomida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan odil sudlov sohasidagi eng namunali xorijiy tajribani oʻz ichiga olgan keng koʻlamli oʻzgarishlar amalga oshirildi.
«Prezidentimizning sud tizimini sunʼiy intellekt asosida raqamlashtirish, sudlarga yengillik yaratish maqsadida nizosiz masalalarni notariuslarga oʻtkazish, sudyalarni tayyorlashni takomillashtirish toʻgʻrisida yaqinda qabul qilingan farmonlari haqida soʻz yuritdik. Bu sohada eskirgan taʼlim tizimining oʻrnini egallaydigan Odil sudlov akademiyasi tashkil etildi.
Ochiq va oshkora muloqot uchun barchaga minnatdorlik bildirib, Alisher Ataxanovich Usmonovni Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani bilan tabriklayman. Omad va oldimizga qoʻyilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishini tilayman«, — deb yozadi.









