Ushbu premyera Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.
“Tamerlano” operasining premyerasida Jorj Friderik Handelning (1685-1759) original musiqasi bastakor Kirill Rixter sayqalida, oʻzbek milliy cholgʻu asboblari joʻrligida orkestr tomonidan ijro etildi.
Operaning jahon premyerasi bundan roppa-rosa 300-yil muqaddam 1724-yilda boʻlib oʻtgan — bu Gʻarbiy Yevropa musiqa sanʼatining Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temurga bagʻishlangan durdona asari edi. Bu premyera biz uchun oʻtmish va bugunni bogʻlaydigan muhim madaniy voqeadir, — deydi Saida Mirziyoyeva.