баннер
2 Apr 2025
10:05

    Saida Mirziyoyeva “Tinchlik va ishonch yili: bolalar uchun xalqaro faoliyatni rivojlantirish“ nomli xalqaro konferensiyada ishtirok yetdi

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Oguljahon Gurbanguliyevna Atabayeva xonimning takliflariga koʻra, Turkmanistonda tashkil etilgan “Tinchlik va ishonch yili: bolalar uchun xalqaro faoliyatni rivojlantirish“ nomli xalqaro konferensiyada qatnashdi.

    Prezident yordamchisi xalqlarni nafaqat qoʻshnichilik, balki asrlar davomida shakllangan qon-qardoshlik aloqalari, umumiy madaniyat va buyuk tarix bogʻlab turishini maʼlum qildi.

    “Ayniqsa, Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamgʻarmasining faoliyati menda katta taassurot qoldirdi — bu bolalarga gʻamxoʻrlik, masʼuliyat va samimiy muhabbatning yorqin namunasidir.

    Ishonchim komilki, bugungi forum kelajak avlodlar manfaati uchun hamjihatlikda ishlash, tajriba almashish va oʻzaro samarali aloqalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Biz hamkorlikka doim tayyormiz va birgalikda farzandlarimiz uchun bundan ham koʻproq ishlarni qila olishimizga ishonchimiz komil. Chunki ularning baxti — bizning umumiy kelajagimizdir“, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining Telegram kanalida.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech