Saida Mirziyoyeva UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijio bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda taʼlim sohasidagi muammolar va imkoniyatlar hamda barcha uchun bilim olish erkinligini taʼminlashni yaxshilash, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

    Mavjud qiyinchiliklarga qaramay, hamkorligimiz natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishishimizga qatʼiy ishonamiz”, deb yozadi Prezident yordamchisi.