Saida Mirziyoyeva Xalqaro hamkorlik boʻyicha Yevropa komissari bilan uchrashdi

    Dolzarb 11 Oktabr 2025 1122

    Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bryusselga tashrif davomida Xalqaro hamkorlik boʻyicha Yevropa komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

    «Oʻzaro munosabatlar bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Muloqot davomida aniq loyiha va tashabbuslarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
    Hamkorlik yoʻlida, shu jumladan Markaziy Osiyo miqyosida ochilayotgan yangi imkoniyatlarni toʻliq ishga solish muhimligi qayd etildi. Biz YI bilan sheriklikni yanada kengaytirishga sodiqligimizni tasdiqladik», deydi Saida Mirziyoyeva.