Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat musobaqasi gʻoliblarini tabrikladi

    Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat musobaqasi gʻoliblarini tabrikladi.

    Taʼkidlanishicha, bu yilgi toʻrtinchi turnirda 2210 nafar shaxmatchi ishtirok etdi, shundan 286 nafari – ayol-qiz.

    «Biz gʻoyalarimizga ishonchsizlik bildirilgan davrdan to xalqaro eʼtirofga erishish va shaxmatchilarimiz bilan faxrlanishgacha boʻlgan yoʻlni birgalikda bosib oʻtdik.
    Men ayniqsa qizlarimizning gʻalabalaridan benihoya xursandman, shu oʻrinda barcha qatnashchilarga omad, eng asosiysi, oʻzlariga ishonishlarini tilab qolaman!» – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.