Sud hukmiga koʻra, “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev 20-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy koloniyada oʻtash belgilandi.

Maʼlumotlarga qaraganda, Saidaziz Saidaliyev 165 (Tovlamachilik); 168 (Firibgarlik); 242 (Jinoiy uyushma tashkil etish); 243 (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish); 277 (Bezorilik); 28,211 (Pora berishda ishtiroki uchun) jinoyatlarni sodir etgan deb topilib 20-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.