"Saidaziz medgorodok" va boshqalarga oid jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi

    Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida S.Saidaliyev va boshqalarga (jami 29 kishi) oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudining raisi M.Mirzajonov raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmoqda.

    Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra sudlanuvchilar S.Saidaliyev, M.Mirxodjayev, Sh.Samiyev, A.Akramov, I.Satvaldiyev, F.Alimov, R.Bobonazarov, L.Shomurodov, N.Tulyaganov, Sh.Quvatov, Gʻ.Oʻrinboyev, U.Maxmudov, A.Nurmatov, B.Erkinov, A.Yuldashev, S.Usmonov, D.Umirzakov, T.Abdumalikov, D.Badalov, U.Raximov, D.Xoshakov, Z.Qayumov, B.Muminov, D.Yunusov, D.Sultanov, B.Samadov, X.Riskiyev, B.Rahmonov va Yo.Sotivoldiyev Jinoyat kodeksining 112, 165, 168, 182, 227, 228, 229, 236, 237, 238, 242, 243, 277 va 28,211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

    28 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” va 1 nafariga “munosib xulq atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat“ tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.

    Tasdiqlangan ayblov xulosasiga koʻra mazkur jinoyat ishi doirasida 31 nafar jabrlanuvchi va 130 nafar guvoh aniqlangan.

    Qoʻshimcha maʼlumot sud jarayoni yakuni boʻyicha beriladi.