Mazkur hududdagi ko‘prikni qayta qurish bo‘yicha Toshkent shahar hokimining tegishli qarorlari qabul qilindi. Qurilish ishlari yaqin 5-10 kun ichida boshlanishi rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida nafaqat yangi ko‘prik quriladi, balki aholiga qulaylik yaratish uchun piyodalar yo‘laklari tashkil etiladi va yo‘l qoplamasi ta’mirlanadi.
Hurmatli fuqarolar, qurilish va ta’mirlash ishlari yakuniga qadar xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida nosoz va xavfli yo‘llardan foydalanmasligingizni so‘raymiz.
Hurmatli ota-onalar! Iltimos, farzandlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang va ularni ushbu hududlarda qarovsiz qoldirmang.
Amalga oshirilayotgan barcha ishlar sizning xavfsizligingiz va qulayligingizni ta’minlashga qaratilgan.
Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati