Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarni respublikamizga noqonuniy olib kirishga urinish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan tadbirlar muntazam olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat olib boruvchi jamiyat nomiga keltirilgan konteynerdagi8 turdagi xoʻjalik mollari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada, mazkur konteynerda yoʻl yuk-kuzatuv xujjatlarida koʻrsatilmagan qiymati 537mln soʻmlik 3 turdagi tovarlar borligi aniqlandi.
Yana bir holatda esa, 4 turdagi “Velosiped ehtiyot qismlari” tovarlari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, yuk konteynerida yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha 4775 dona, qiymati 250 mln soʻmlik velosiped shinalari borligi aniqlandi va ushbu tovarlarga qoʻshimcha 95,5 mln soʻm bojxona toʻlovlari hisoblandi.
“Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan holatda esa masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan xoʻjalik tovarlari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, bojxona yuk deklaratsiyasida hamda yuk hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan 118 mln soʻmlik2700 juft rezina oyoq kiyimlarborligi aniqlandi.