Turkiya va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2018-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda boʻlgan, 1985-y.t., Dilnoza Umarova va 2017-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda boʻlgan 1983-y.t., Mavludaxon Ulmasova joriy yilning 10-yanvar kuni Istanbul shahrida qoʻlga olindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish soʻraladi.

Jinoyat uchun jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi.