Ushbu poyezdda hududga kelgan 100 nafarga yaqin oliy toifali shifokorlar 10 kun mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasining chekka hududlarida istiqomat qilayotgan aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazadilar, shu bilan birga ularga tibbiy maslahatlar berib, bepul dori darmon tarqatadilar.

“Salomatlik poyezdi”ga 1,5 milliard soʻm miqdoridagi 5 tonnadan ortiq dori vositalari va tibbiy materiallar yuklangan boʻlib, ular orasida profilaktika maqsadida qabul qilinadigan vitaminlar, mikroelementlar hamda kardiologik, endokrinologik dori-darmonlar, shuningdek, shaxsiy gigiyena vositalari mavjud.