Respublika shimolida va janubida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-21° bo‘ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi kuzatiladi. Harorat 16-18° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli yo‘q emas. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi, deyiladi Gidrometeorologiya xizmati agentligi bergan xabarda.