Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini bepul rus tili va kasbga oʻqitish loyihasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, “World skills Uzbekistan” assotsiatsiyasi, “World skills Russia” ittifoqi va Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Oʻquv kursi yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.