Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakili Chernoreche qishlog'idagi qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan "Kitaev Valeriy" korxonasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz murojaatini o'rgandi.
Ma'lum bo'lishicha, Xitoy fuqarosi bo'lgan korxona rahbari Sin Lyu Szn o'zbekistonlik ishchilarning hujjatarini olib qo'yib, 2022 yil mart oyidan beri ish haqlarini bermasdan ishlatgan.
Vakillik aralashuvi natijasida, 5 nafar yurtdoshimizning pasportlari olib berildi va 606 400 rubl (10 000 AQSH dollaridan ortiq) ish xaqlari undirib berildi.
Shuningdek, ish beruvchi vakillari Rossiya Federatsiyasining tegishli huquqiy-me'yoriy hujjatlari bo'yicha javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.