“Samarqand — Astana” yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov yoʻlga qoʻyildi

    «Samarqand–Astana« yoʻnalishidagi parvozlar haftasiga ikki marta — juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

    Samarqand xalqaro aeroportiga Astana shahridan uchgan yoʻlovchi samolyot kelib qoʻndi.

    Birinchi aviareys kelishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Qozogʻistonning Samarqanddagi Bosh konsuli, “Air Marakanda” kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

    Samarqand xalqaro aeroportida birinchi boʻlib roʻyxatdan oʻtgan yoʻlovchiga “QAZAQ AIR” aviakompaniyasi tomonidan bepul aviachipta sertifikati, “Air Marakanda” kompaniyasi tomonidan esa CIP-zalga bepul kirish huquqi hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

    - Astanaga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarning yoʻlga qoʻyilishi aeroportning xalqaro marshrutlar tarmogʻini kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam, — deydi Qozogʻistonning Samarqanddagi Bosh konsuli Talgat Sharipov. — Shuningdek, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi turistik hamda biznes aloqalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.

    «Samarqand–Astana« yoʻnalishidagi parvozlar haftasiga ikki marta — juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.