Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.
Bundan tashqari, 3-oktyabrdan boshlab qoʻshimcha qatnovlar haftada uch marta — har chorshanba, juma va shanba kunlari quyidagi jadval boʻyicha amalga oshiriladi:
- Samarqanddan joʻnash 10:55 — Toshkentga yetib kelish 13:10
- Toshkentdan joʻnash 13:56 — Samarqandga yetib kelish 16:09
Chiptalarni rasmiy veb-saytdan, shuningdek, “Uzrailways Tickets” mobil ilovasidan xarid qilish mumkin.