Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi, Payariq va Narpay tumani boʻlimlari va IIB xodimlari hamkorligidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “M.B.”, “Y.S” va “I.” MCHJlarga qarashli savdo doʻkonlari sotuvchilari xaridorlarga qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu savdo doʻkonlaridan umumiy bahosi 334 mln soʻmlik turli nomdagi jami 10 202 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.