Samarqand aeroportida ilk bor rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi

    16-mart kuni Samarqand xalqaro aeroporti tarixida ilk aviaspotting bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan 30 dan ortiq havaskor va professional fotosuratchilarni birlashtirgan tadbir yangi Samarqand aeroporti terminali ochilishining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazildi. Samarqandda o‘tkazilgan birinchi bunday tadbir o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ldi — aviasiya ixlosmandlariga tungi vaqtda “spotting” qilish va tongni maydinda kutib olish taklif qilindi.

    Soat 01:30 dan 11:30 ga qadar bir guruh spotterlar hudud bo‘ylab harakatlanib, temir qushlarning tungi parvozlari va qo‘nishlarini suratga olishdi, samolyotlarga xizmat ko‘rsatuvchi yer usti xizmatlari ishini kuzatishdi.

    Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 2-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportida uchinchi rasmiy spotting tur bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar soni jihatidan tadbir yanada kengayishi kutilmoqda.