Ma'lum qilinishicha, viloyat aholisining 252 033 nafari yoki 6,6 foizi xorijda ishlamoqda. Shundan 7699 nafari rasmiy (4,3 foiz), 170 822 nafari norasmiy (95,7 foiz) faoliyat ko'rsatmoqda.

Ularning 74 ming 15 nafari (29 foiz)ni ayollar, 178 ming 18 nafari (71 foiz)ni erkaklar, 76 ming 908 nafarini 16—30 yoshdagilar (30 foiz) tashkil etadi. Mehnat migrantlarining asosiy qismi Rossiya (64 foiz), Qozog'iston (14,6 foiz), Turkiya (8,9 foiz), Janubiy Koreya (2 foiz) va boshqa (10,5 foiz) davlatlarga to'g'ri keladi.

Samarqand viloyatidan xorijga ishlashga ketgan migrantlarning asosiy qismi, ya'ni 150 ming 967 nafari qurilishda (59,9 foiz), 34 ming 24 nafari sanoat korxonalarida (13,5 foiz), 24 ming 195 nafari qishloq xo'jaligi korxonalarida (9,6 foiz), 42 ming 845 nafari esa boshqa yo'nalishlarda (17 foiz) ish bilan bandligi ma'lum qilingan.