Holat boʻyicha Samarqand viloyat FVB axborot xizmati maʼlumot berdi.

Shu yilning 1-oktyabr kuni tungi soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor koʻchasida joylashgan Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish instituti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida viloyat FVB ga xabar kelib tushdi.

Xabarga asosan, voqea joyiga 6 ta yongʻin qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yongʻin soat 00:30 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida eski qurilish mahsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yongʻinning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.