Bugungi kunda tibbiyot sohasining yetuk va malakali vakillariga ehtiyoj kattaligi sir emas. Shu maqsadda, Samarqand davlat tibbiyot instituti Saratov davlat tibbiyot universiteti bilan anchadan buyon hamkorlikda 100 dan ortiq vebinarlar, konferensiyalar hamda koʻplab mahorat darslari tashkil qilib kelayotgan edi.
Ushbu hamkorlik natijasi oʻlaroq 2-mart kuni SamDTI rektori Jasur Rizayev hamda Saratov davlat tibbiyot universiteti rektori Andrey Yeremin oʻzaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida memorandum imzolashdi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti Axborot xizmati.