— Bu yilgi qabul kvotalarda yangiliklar anchagina, — deydi institut rektori Jasur Rizayev. — Institutda yangi o‘quv yilidan boshlab professional ta'lim va xalq tabobati yo‘nalishlari ochiladi. Ushbu ta'lim yo‘nalishlariga 25 nafardan talaba qabul qilinadi. Ularning 12 nafari grant, 13 nafari kontrakt asosida o'qiydi.
Magistratura yo‘nalishida 2019 o‘quv yilida 117 nafar magistr o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, yangi o‘quv yilida 34 ta yo‘nalish bo‘yicha 180 ta o‘rin ajratildi. Shundan 47 tasi davlat granti, 133 tasi to‘lov shartnomasi asosida qabul qilinadi.