Avtoturizm XX asrning boshlarida paydo boʻlgan va koʻpchilik oʻz avtomobillariga ega boʻla boshlaganligi va yoʻllarning sifati yaxshilanganligi sababli tobora ommalashib bormoqda.

Zamonaviy avtomobillar shunchalik xilma-xilki, avtoturizm ishqibozlari yengil avtomashinada, avtouyda yoki yoʻl tanlamas mashinasida sayohat qilishlari mumkin.

Turistik shaharlarida avtoturistlar uchun sharoitlar – hojatxonalari mavjud avtoturargohlar, treylerlar uchun jihozlangan maydonlar, kempinglar mavjudligi juda muhimdir.

Erondan kelgan sayohatchilar avtokarvoni Samarqandga yetib keldi va avtoturistlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan «Silk Road Samarkand» turistik markazida joylashdi.