Dastlab Samarqand shahridagi 560 oʻrinli “Sharq yulduzi” kinoteatrining rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Mazkur kinoteatr 1911-yilda qurilgan.
Bundan tashqari, Agentlik bosh direktori yana shahardagi Samarqand kinoteatri, Soʻgʻdiyona va Qorasuv hududlaridagi kinozal va kinoteatrlar, 520 oʻrinli viloyat yoshlar markazi tomosha zali, yozgi amfiteatr bilan ham tanishdi. Zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan tomosha zallari Mustaqillik bayrami arafasida ishga tushishi rejalashtirilgan.
Samarqand shahrida jami 2120 oʻrinli 9 ta kinoteatr va kinozallar “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorlanmoqda. Yana 3 ta ochiq maydonlarda festival filmlari namoyishlari nazarda tutilgan. Agentlik rahbarining Kinematografiya agentligi Samarqand hududiy boʻlimiga tashrifi davomida festivalning viloyatda oʻtadigan kuniga tayyorgarlik masalalari boʻyicha ishlar qanday kechayotgani ham oʻrganildi. Shuningdek, xalqaro miqyosdagi kino bayramini yuqori saviyada oʻtkazish uchun zarur koʻrsatmalar berildi.
Barno UNGBOYEVA,
Kinoshunos, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori