Xabaringiz bor, joriy yil sentabr oyida mamlakatimizda Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining oliy darajadagi navbatdagi Sammiti, shuningdek qator xorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tadi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur jarayonlar va tadbirlar o‘tkaziladigan hududlarga yaqin joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, aholiga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari joriy yilning 19-sentabr sanasidan boshlanadi.

Ta’kidlanishicha, Samarqand shahridagi maktab o‘quvchilarining qoldirilgan dars soatlari o‘quv yili davomida ta’tillar hisobidan to‘ldiriladi.