Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu yo‘nalish Samarqanddagi turizm maskanlarini gastronomik ko‘chalar bilan bog‘laydi.

Registon maydonidan boshlangan yo‘nalish Registon, Universitet xiyoboni, Orzu Mahmudov, O‘zbekiston, A.Jomiy, A.Temur, Shohrux Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Ogahiy nomi bilan ataluvchi ko‘chalar orqali "Bozorov" ko‘chasida yakunlanadi.

Ushbu yo‘nalishda Changan MIDIBUS G60 rusumli transport vositalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Yo‘l haqi 3000 so‘mni tashkil qiladi.

Fuqarolarni mamlakatning sayyohlik potensiali bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, zamonaviy xizmat infratuzilmasining jadal rivojlanishi turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.