“Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (494-son, 18.08.2020 y) qabul qilindi.

Qarorda Samarqand viloyat hokimligi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasini ochish belgilandi.

Turkiya Respublikasining Antaliya, Adana va Bursa shaharlarida Oʻzbekiston Respublikasining faxriy konsullari tayinlanishi masalasini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklatildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respyblikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi turk investorlarining masalalarini tezkorlik bilan hal qilish va loyihalarning amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan Turkiya kompaniyalari vakillari bilan Oʻzbekiston Respublikasining vazirlik va idoralar rahbarlari oʻrtasida doimiy, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot uchun platforma yaratadi.