Shu bois, aholisi va daromadi kundan kunga oʻsib borayotgan Samarqand shahrida zamonaviy uy-joylarga boʻlgan talabni taʼminlash uchun 3 ta yirik massiv tanlab olindi.
Jumladan, “Shirin” massivida 180 ming, “Temiryoʻl orti” hududida 100 ming, “Qorasuv-2” massivida 30 ming aholi uchun 700 dan ortiq zamonaviy koʻp qavatli uylar barpo etiladi.
Bu yerlarda maktab, bogʻcha, oliygoh va shifoxona, zamonaviy biznes va savdo markazi, mehmonxona va restoran, koʻngilochar maskanlar ham quriladi.
Samarqand shahridagi 49 ta viloyat tashkiloti kelasi yil “Shirin” massiviga koʻchadi. Shu yil oxirigacha bu massivni shahar markazi bilan bogʻlovchi “Qoradaryo” ustidan oʻtgan 577 metrli koʻprik ishga tushiriladi.
Ispaniyalik investorlar bilan xususiy sheriklik asosida ushbu 3 ta massivning kanalizatsiya tizimi yangilanadi.
Shaharda yuk transporti harakatini kamaytirish maqsadida Oqdaryo, Toyloq va Samarqand tumanidan oʻtuvchi magistral yoʻl boʻyida 4 ta logistika markazi barpo etiladi.








