Shaharning “Qorasuv” MFYda joylashgan “A. B.” MChJga qarashli ko‘p qavatli turar-joy binosi xatlovdan o‘tkazilganda, taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan va loyiha hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ʻra 3 milliard 357 million so‘m zarar aniqlandi. 

Barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.