Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, bugun soat 14:36 da Samarqand viloyati FVBga Samarqand shahar Bagʻdod koʻchasida joylashgan MTM oshxonasining tom qismida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarda aytilishicha, voqea joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:40 da yetib borgan va 15:06 da yongʻin oʻchirilgan. Yongʻin natijasida tomning 30 kv.m qismi zararlangan.
Boshqarmaning qoʻshimcha qilishicha, jabrlanganlar yoʻq, tarbiyalanuvchilar oʻz vaqtida binodan evakuatsiya qilingan. Hozirda yongʻinning kelib-chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.