Unda qayd etilganidek, «O‘zbekiston 2022-yilda  ShHTga raisligi davomida «Shanxay ruhi»ni yana-da mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi, buni Samarqandda bo‘lib o‘tgan (15-16 sentyabr) sammitda ishtirok etgan davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari tasdiqlashdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotini yangi aʼzolar, muloqot bo‘yicha hamkorlar va kuzatuvchilar, jumladan, Eron, Belarus, Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Qatar, Bahrayn, Quvayt, Maldiv orollari, Myanma va boshqalar bilan kengaytirish jarayoni boshlandi...».

«Diplomat Magazine» jurnali Samarqand tashabbusi «Shanxay ruhi» va «Samarqand ruh»ning o‘ziga xos umumlashmasi ekanligini taʼkidlagan. “Birinchisi, o‘zaro ishonch, o‘zaro manfaatdorlik, tenglik, madaniyatlar xilma-xilligini hurmat qilish va birgalikda rivojlanish tamoyillari asosida qurilgan bo‘lsa, ikkinchisi, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, konstruktiv muloqot, o‘zaro hamjihatlik, yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik hamda  ezgulik timsolidir”, deb yozadi nashr.