Turizm sohasi vakillaridan iborat Samarqand viloyati delegatsiyasining Yevropa mamlakatlari boʻylab xizmat safari davom etmoqda. 

Fransiyaning Parij shahrida “Samarqand — yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” targʻibot kompaniyasi tashkil etildi. 

Tadbirda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan Fransiyaning biznes vakillari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda Fransiya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbir doirasida Samarqand viloyati turizm salohiyati, transport-logistika tizimida sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, turistik kompaniyalari tomonidan yangi turizm mahsulotlari toʻgʻrisida taqdimotlar tashkil etildi.