Bugun Samaraqand ana shu nufuzli tadbirni o'tkazishga har tomonlama tayyor. Shahar bayramona ko'rinish olgan, Tashkilotga a'zo va kuzatuvchi davlatlar bayroqlari qadim va boqiy shahar ko'chalarini bezab turibdi.
Bugunning o'zida sammit doirasida bir qator muhim uchrashuvlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Xususan, "Samarkand Regency" mehmonxonasida TDTga a'zo va kuzatuvchi mamlakatlarning savdo vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tishi, shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari OAV uchun brifinglar o'tkazishi rejalashtirilgan.