Bunda jonbozlik koʻrsatayotgan eksportchi korxonalar faolligini alohida taʼkidlab oʻtish joiz. Quvonarlisi, ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari dunyo bozorlarida oʻz mahsulotlari bilan munosib oʻrin egallamoqda.

Masalan, Samarqand tumanidagi “Sam Rin Treyd” qoʻshma korxonasi 2020-yil hosilidan chetga qiymati 1,1 million AQSH dollari, vazni 655 tonna, Jomboy tumani “Toʻlaqoʻrgʻon mevalari” fermer xoʻjaligi qiymati 0,7 million AQSH dollari, vazni 434,5 tonna hamda Kattaqoʻrgʻon tumani “Qoqsoy savdo barakasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati qiymati 500 ming AQSH dollari, vazni 289,2 tonnaga teng uzum mahsulotini eksport qilgan.

Maʼlumot oʻrnida, bugun viloyatning 92 taga yaqin korxonasi tomonidan uzum mahsulotlarini eksport qilish yoʻlga qoʻyilgan.

Eksport qilinayotgan uzumlar koʻlamini davlatlar misolida koʻradigan boʻlsak, Xitoy (2,8 million AQSH dollari), Turkiya (2,2 million AQSH dollari), Rossiya (1,5 million AQSH dollari), Qozogʻiston (1 million AQSH dollari) va Gruziya (400 ming AQSH dollari) ulushiga toʻgʻri keladi.

Darhaqiqat, ona zaminimiz tuprogʻi oltinga teng. Bugun qadalgan urugʻ ertaga moʻl hosil beradi. Mamlakatimizda yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz ekinlari va uzum jahon bozorida yuqori baholanadi. Bu esa mamlakatimiz eksport salohiyatini yana-da yuksaltirishga undaydi. Buning natijasida yangi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalar ishga tushishi tezlashadi, iqtisodiy barqarorlik taʼminlanadi, aholi farovonligi ortadi.

Korxonalar eksport amaliyotlarini amalga oshirishni qisqa vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun bojxona xodimlari tomonidan 24 soat davomida yaqindan yordam koʻrsatilmoqda.