Samarqand va Namangan shaharlarining chegaralari o'zgartiriladi

    Mamlakatimizda 3 Yanvar 2022 4603

    Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo'yicha choralar ko'riladi.

    Bu 2022–2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” loyihasida belgilangan.

    Xususan, Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo'yicha respublika ishchi guruhlari tashkil etiladi.

    Samarqand va Namangan shaharlarining chegaralarini o'zgartirish masalasi xalq deputatlari mahalliy kengashlarida ko'rib chiqiladi. Samarqand va Namangan shaharlari chegaralarini o'zgartirish bo'yicha Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qarorlari ishlab chiqiladi.