Samarqand va Navoiyda “prava“ olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻozgʻon shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.Sh. fuqaro F.Gʻ.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 200 AQSH dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Shuningdek, Departamentning Kattaqoʻrgʻon shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.J. fuqaro B.Sh.ning ishonchiga kirib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 600 AQSH dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.