Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tumani, Olmaliq shahri boʻlimlari va IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar Yu.I. va A.Sh. yashash xonadonlarida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 404,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Shu kabi, Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.P. va boshqalar oʻzaro til biriktirib “Buyuk Turon” MFY hududidagi noturar binoda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 206,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Shuningdek, departamentning Bulungʻur tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.X. “Mexrjon” MFY hududidagi novvoyxonada tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 190,5 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.