Inagamov Alovitdin Xusnitdinovich 1980-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2002-yilda Toshkent soliq kollejini, 2009-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
A. Inagamov bunga qadar Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Alovitdin Inagamov soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2002-yilda Toshkent shahri Yunusobod tumani DSI Buxgalteriya hisobi va taʼminoti boʻlimi 1-darajali hisobchisi lavozimidan boshlagan. U 2002-yildan 2019-yilgacha Toshkent shahrining bir qator tuman DSIlarida va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.
Alovitdin Inagamov Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.
DSQ Matbuot xizmati