Samarqand viloyati hokimligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

    Mamlakatimizda 19 Aprel 2023 2538

    Samarqand viloyati hokimiga ikki nafar o'rinbosar tayinlandi

    Abilov Feruz Ne'matullaevich Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Feruz Abilov ushbu tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

    Xudayberdiev Shunqor Farmonovich Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Shunqor Farmonovich 1971 yilda Pastdarg'om tumanida tug'ilgan. Ushbu tayinlovga qadar Samarqand viloyati Pastdarg'om tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.