Oʻtkazilgan tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatiga chek qoʻyildi.
Maʼlumotlarga koʻra, tezkor xodim oʻzining mansabdor tanishlari orqali, Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov boʻlimi ish yurituvida boʻlgan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishida ayblanuvchilar sifatida oʻtayotgan 1994-y.t. shaxsga tegishli qismini Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish hamda 2003-y.t. fuqaroga nisbatan esa “uy qamogʻi“ ehtiyot chorasini qoʻllagan holda, uni ozodlikda qoldirish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlanib, holat prosessual tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “a“ bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.